O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va anʼanalarni saqlash hamda rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-maʼrifiy aloqalarni yanada kengaytirish, Yangi Oʻzbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targʻib etish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

 

Usmanov Nail Kayumovich – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi dotsenti

Sharofidinov Suvxidin – Soʻx tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Fargʻona viloyati

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

 

Avazov Ergash Xidirberdiyevich – Respublika turkman milliy madaniy markazining Surxondaryo viloyati boʻlimi raisi

Adjiosman Zakir Sabriyevich – Toshkent shahridagi “Avdet” qrim-tatarlar milliy madaniy markazi raisi oʻrinbosari

Adilbayev Janabay – Qoraoʻzak tumanidagi “Quralpa” ovul fuqarolar yigʻini raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Blumxardt Aleksandr – “Knauf” kompaniyasining MDH davlatlari boʻyicha hamkor boshqaruvchilari bosh vakili

Veysalov Rasul Latifovich – Sirdaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati

Volodin Andrey Yakovlevich – Oʻzbekiston rus milliy madaniy markazining Namangan viloyati boʻlimi raisi

Gechu Sergey Viktorovich – “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2-navli prokat sexi elektr uskunalarini taʼmirlash ustasi, Toshkent viloyati

Yevtushenko Olga Anatolyevna – Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Alternativa kommunal plus” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi, Toshkent shahri

Yogʻmirov Davlat Choʻliyevich – Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi raisi oʻrinbosari

Iskenderov Usen Mutalipovich – Oʻzbekiston uygʻur milliy madaniy markazi raisi

Kim Antonina Ye-Senovna – Oʻzbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Xorazm viloyati hududiy boʻlinmasi raisi

Kuliyeva Minsilu Mavletbayevna – Toshkent shahri boshqird milliy madaniy markazining boshqird-tatar guruhi xonandasi, shoira

Li Xiangrun – Samarqand shahridagi “Azia Metall Prof” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Samarqand viloyati

Mamedov Eldar Kismir-ogli – Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi aʼzosi

Miller Valentina Aleksandrovna – “Wiedergeburt” Oʻzbekiston nemis milliy madaniy markazining Fargʻona viloyati boʻlimi raisi

Mityuleva Valentina Vadimovna – “Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyatining gidrotexnika boʻlimi boshligʻi, Toshkent shahri

Nazilov Dodo – Respublika tojik milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi aʼzosi

Narinbetov Turexan Kanatovich – Oʻzbekiston qozoq milliy madaniy markazining Navoiy viloyati boʻlimi raisi

Nosirov Obidjon Xamidovich – Oʻzbekiston qirgʻiz milliy madaniy markazining Andijon viloyati boʻlimi raisi

Ragimova Mexriban Ziyadxan kizi – Mirobod tumanidagi “Temiryoʻlchilar” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Toshkent shahri

Xaimov Mier Raxmanovich – Gʻallaorol tumanidagi “Gʻallaorol kaliy fosfat” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Shelyakina Lyudmila Konstantinovna – Toshkent shahridagi “The Big Smart Trade” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh hisobchisi

 

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

 

Aslanova Yelena Yuryevna – Samarqand viloyati gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabining katta murabbiysi

Monich Nadejda Moiseyevna – “Svetlitsa polska” Oʻzbekiston polyak milliy madaniy markazining Buxoro viloyati boʻlimi raisi oʻrinbosari

 

“Shuhrat” medali bilan

 

Qalandarova Matluba Xamidovna – Doʻstlik tumanidagi “Manaslik chevarlar” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Musabekov Baxtiyar Tursunbayevich – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻzbekiston” lokomotiv deposi chilangari, Toshkent viloyati

Tleumuratov Kuanishbay Bazarbayevich – “Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyatining sintetik gaz ishlab chiqarish sexi boshligʻi

Soy Lyutsiya Andreyevna – Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrining oliy toifali orkestr artisti

 

Oʻzbekiston Respublikasi

           Prezidenti                                                                                                               Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri,

2022-yil 29-iyul