O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan, jumladan, mevali va yong‘oq mevali, sabzavot, poliz, don-dukkakli ekinlardan yuqori hosil olish, ularning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish, ilg‘or, intensiv agrotexnologiyalarni joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida:

1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini (keyingi o‘rinlarda – Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib hududlarni ixtisoslashtirisheksportbop va daromadbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni hamda raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash;

o‘quv mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlarni o‘tashda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi o‘qitish texnologiyalari hamda ularning mustaqil izlanishini ta’minlovchi mexanizmlarni keng joriy etish;

Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini, jumladan, mevali va yong‘oq mevalisabzavot, polizdondukkaklisubtropik va tropik ekinlarni parvarishlashning bio-nano- va resurstejamkor hamda intensiv texnologiyalarini ishlab chiqish;

Institut yer maydonlarida ichki va tashqi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi ekinlarining serhosil, sho‘r va qurg‘oqchilikka, kasallik hamda zararkunandalarga chidamli, mahsulot sifati yuqori bo‘lgan nav va duragaylari seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish;

ilmiy xodimlarning ilg‘or innovatsion texnologiyalarni yaratish bo‘yicha tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashularning novatorlik g‘oyalarini ishlab chiqarishga joriy etishga ko‘maklashish;

klasterlarkooperatsiyalarfermerdehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil etish hamda tavsiyalar ishlab chiqish;

rivojlangan xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va magistrlarning malakasini oshirish.

2. Belgilansinki, Institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda, talabalar uchun haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi;

xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.

Institutning faoliyati Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:

2022 yil yakuniga qadar Institutda Jahon banki mablag‘lari hisobidan talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda yosh professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida loyihalarning startaplarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi IT-inkubator ilmiy innovatsion markazini tashkil etsin;

Institutga tegishli yer maydonlarida xalqaro grant mablag‘lari hisobidan anor, xurmo, limon, qora olxo‘ri, uzum va boshqa meva-sabzavotlarning yuqori hosilli, yiliga 23 marotaba hosil olishga imkon beradigan navlarini yaratish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini barpo etsin;

anor, xurmo, limon, qora olxo‘ri va uzum yetishtirishning yangi samarador agrotexnologiyalarini yaratish bo‘yicha bajariladigan yillik maqsadli ilmiy loyihalarni shakllantirib, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilsin. Bunda, Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli ilmiy-texnik kengashlarning asoslantirilgan xulosalari asosida belgilangan tartibda grant mablag‘larini ajratish choralarini ko‘rsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida Institut hududida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash ishlarini oliy ta’lim sohasiga ajratilgan limitlar doirasida amalga oshirish yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga takliflar kiritsin.

4. Quyidagilar:

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash maqsadida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va yirik xo‘jalik sub’ektlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga amaliyot o‘tash uchun biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va yirik xo‘jalik sub’ektlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Belgilansinki:

Institut Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:

davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini resurs tejovchi texnologiyalar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda talablaridan kelib chiqib qayta ishlab chiqsin hamda o‘quv jarayoniga joriy etsin;

hududning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini e’tiborga olib, Institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kechki (smenali) ta’limni tashkil etish, 2022 yildan boshlab ilmiy salohiyatni oshirish uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)ga qishloq xo‘jaligi ixtisosliklari bo‘yicha qabulni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

7. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;

xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

8. Belgilab qo‘yilsinki, Institutni byudjet mablag‘lari hisobidan saqlash xarajatlari 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2022 yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligi xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan:

Institutning “Anorchilik” yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilarini va tahsil olayotgan yosh olimlarini anor yetishtirish tajribasini o‘rganish uchun ilg‘or xorijiy davlatlarga malaka oshirish kurslariga va stajirovkalarga yuborilishini;

xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalarini xorijiy ekspertlar ishtirokida belgilangan tartibda ishlab chiqilishini;

Institutning professor-o‘qituvchilarini, ilmiy va texnik-muhandis xodimlarini har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishini va uning amalga oshirilishini;

ikki oy muddatda Institutning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;

Institutga tanlov asosida, shu jumladan, respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan amaliy tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilishini;

Institutning axborot-resurs markazi mahalliy hamda xorijiy o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.

10. Respublika oliy ta’lim tizimidagi mavqei, ilmiy salohiyati, uzoq yillar davomida shakllangan an’analarini inobatga olgan holda Toshkent davlat agrar universiteti zimmasiga quyidagi yo‘nalishlarda Institutga ko‘mak berib borish yuklatilsin:

salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda ta’lim va ilmiy faoliyatni tashkil etish, ta’lim, tarbiya, ilmiy va o‘quv jarayonlarini samarali boshqarish;

ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy materiallar va axborot resurslari bilan ta’minlash;

professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish va “ustoz-shogird” tizimi asosida ilmiy maktablarni rivojlantirish.

11. Surxondaryo viloyati hokimligi:

Institutga xorijdan va respublikaning boshqa hududlaridan ishga taklif etilgan mutaxassislarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida Termiz shahrida qurilayotgan arzon uy-joylardan imtiyozli shartlar asosida ehtiyojdan kelib chiqqan holda xonadonlar ajratilishini;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar talabalar kontingenti oshib borishini hisobga olib, 2022/2023 o‘quv yilidan Institutga yaqin bo‘lgan hududdan qo‘shimcha bino ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ta’minlasin.

12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining:

Institutga Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Yangiobod” qishloq fuqarolar yig‘ini, Limonzor qishlog‘i hududida joylashgan bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida berish, uning o‘quv va laboratoriya jihozlari, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, kompyuter texnikalari, o‘quv adabiyotlari hamda boshqa mol-mulkini topshirish;

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining barcha talabalarini Institutning mos ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘tkazish hamda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 479-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

14. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                          Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 28 oktyabr