Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining samarali ijrosini, davlat buyurtmachilari faoliyatining uzluksizligini taʼminlash, shuningdek, davlat xaridlarining amalga oshirilishini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining amal qilishi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq davlat xaridlari strategik subyektlari amalga oshiradigan davlat xaridlariga, rivojlantirish davlat dasturlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni roʻyobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno;
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga, shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlariga;
favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga;
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, hukumatga qarashli boʻlgan va hukumatga qarashli boʻlmagan chet el tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el kreditlarini va chet el grantlarini taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bogʻliq davlat xaridlariga;
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi:
a) xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan:
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan hollarda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun;
b) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun;
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bogʻliq;
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlariga nisbatan amalga oshirilishi belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliyagentligi,HisobpalatasivaOʻzbekistonRespublikasi Moliya vazirligining davlat buyurtmachilari tomonidan ilovadagi roʻyxatga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni keyinchalikular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan davlat xaridlarining maxsus axborot portaligajoylashtirgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarasosidaxaridqilishtartibinibelgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga:
boshlangʻich narxni tushirish boʻyicha auksion oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon – uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin;
tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon – tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddatining tugashidan kamida oʻn kun oldin joylashtiriladi.
5. OʻzbekistonRespublikasi Adliyavazirligiva Moliyavazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlarini sifatli va uzluksiz oʻtkazishgatoʻsqinlik qiladigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish bilan bogʻliq davlat xaridlari sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti tahlilini doimiy ravishda oʻtkazib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat xaridlarining sifatli va uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash, davlat buyurtmachilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotidagi, shu jumladan, joylardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda davlat xaridlarining maxsus axborot portalining funksionalini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
davlat buyurtmachilari xodimlari ishtirokida davlat xaridlari sohasida seminar-treninglar, master-klasslar va boshqa oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun zarur boʻlgan, shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasining kiritilishini taʼminlasin;
mazkur qaror talablarini, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ”Davlat xaridlari toʻgʻrisida“gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kiritsin;
bir oy muddatda xarid komissiyalarining faoliyatini tashkil etish va eng yaxshi takliflarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentihuzuridagiLoyihaboshqaruvimilliyagentligibilan birgalikda mazkur qarorning 2 va 3-bandlariga muvofiq xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlari shakllanishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriA.N.Aripov,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlikkengashi kotibi V.V.Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2018-yil 27-sentyabr