Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesini yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekistonning jahon madaniy xaritasidagi nufuzini yuksaltirish, zamonaviy san’at, tarixiy meros, kreativ iqtisodiyot va turizm uyg‘unligini ta’minlash orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish, shuningdek, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga va “Ijodkor shaharlar tarmog‘i” dasturiga kirgan, asrlar davomida ilm-fan, me’morchilik, hunarmandchilik va san’at markazi bo‘lib kelayotgan ko‘hna Buxoro shahrining o‘rni va ahamiyatini
yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
1. 2025 yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr-noyabr oylarida Buxoro shahrida xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi (keyingi o‘rinlarda – Biyennale) o‘tkazib borilsin.
2. Birinchi Biyennale 2025 yil 5 sentyabr – 20 noyabr kunlari yuqori saviyada o‘tkazilsin.
3. QuyidagilarBiyennalening asosiy maqsadlari etib belgilansin:
a) mamlakatimizda zamonaviy va amaliy san’at, hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash hamda global madaniy makonga integratsiya qilish;
b) kreativ industriyada ta’lim, tadqiqot va kasbiy mahoratni rivojlantirish, yurtimiz vakillarining jahonga mashhur usta-ijodkorlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali xalqaro darajaga olib chiqish;
v) yurtimiz turistik jozibadorligini oshirish, madaniy meros ob’ektlarini san’at namoyishi мaйdонлaриga aylantirish, muntazam qayta tashrif bуюришga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish.
4. Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy qo‘mita) tuzilsin, shuningdek, uning tarkibi va asosiy vazifalari 1- va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) Tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi hisoblanadi.
6. Belgilansinki, birinchi Biyennale doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) Biyennale o‘tkaziladigan 14 ta madaniy meros ob’ektini ko‘rgazma va tadbirlar, ta’lim va tadqiqot, ijodiyot va ishlab chiqarish jarayonlari uyg‘unlashgan kreativ клaстерga aylantirish;
b) jahonga mashhur usta-ijodkorlar tomonidan 60 tadan ko‘p art-ob’ekt, shu jumladan, installyatsiyalarni yaratish, ulardan Biyennale o‘tkaziladigan joyni badiiy bezashda foydalanish va ularning eng munosiblarini dunyo bo‘ylab ko‘rgazmalarda namoyish etish;
v) dunyoga taniqli ijodkor, mutaxassis va oshpazlar ishtirokida keng jamoatchilik uchun 10 haftalik ilmiy-ma’rifiy, madaniy-ko‘ngilochar, sayyohlik va gastronomik dasturlarni tashkil etish;
g) birinchi Biyennale maxsus katalogi va o‘zbek milliy taomlari retseptlar kitob-aльbомини chop etish, ulardan xalqaro miqyosdagi targ‘ibot vositasi va sovg‘alar to‘plami sifatida keng foydalanish;
d) Buxoro Biyennalesi haqida hujjatli film yaratish, shuningdek, undan foydalanib mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish;
j) maxsus ta’lim dasturi asosida xalqaro darajadagi kuratorлaрни tayyorlash hamda ularning jahonning yetakchi san’at maydonlarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishини ta’minlash; z) 30 нaфaрdaн ortiq xalqaro ekspert, kurator va san’atshunoslar ishtirokida xalqaro akademik симпоzиумни o‘tkazish.
7. Quyidagilar:
a) Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi o‘tkaziladigan moddiy madaniy meros ob’ektлaри (keyingi o‘rinlarda – Biyennale ob’ektlari) ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
b) Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Biyennale ob’ektlarida:
a) loyihalashtirish va asrashga doir ishlar bo‘yicha Madaniy meros agentligi buyurtmachi hisoblanadi;
b) xorijiy taniqli mutaxassislar bilan hamkorlikda alohida konsepsiya va dizayn asosida ob’ektlarni badiiy yoritish va asrashga doir ishlarni tashkil etish, infratuzilmalarini yaxshilash, shuningdek, Tasviriy san’at muzeyining yangi экспоzициясини yaratish choralari ko‘riladi.
9. Belgilansinki, Biyennale doirasida 2025 yil 31 dekabrga qadar Jamg‘arma va Madaniy meros agentligi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatlarga asosan va ular belgilagan sub’ektlar tomonidan import qilinadigan texnika, jihoz, asbob-uskuna, san’at asarlari va ularning qismlari, ashyolar va boshqa tovarlar bojxona bojidan ozod etiladi.
10. Vazirlar Mahkamasi uch kun muddatda birinchi Biyennalega tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda xarajatlar smetasini tasdiqlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi G.O. Umerova hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov belgilansin.
13. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2025 yil 21 avgust