Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
Davlat xaridlari tizimining shaffofligini taʼminlash hamda uni yanada takomillashtirish hisobiga korporativ buyurtmachilar, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlash hamda samaradorligini oshirish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar:
xarid komissiyasining eng yaxshi takliflarni tanlab olish boʻyicha bayonini u rasmiylashtirilgan kuni davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida ikki ish kuni muddatga jamoatchilik muhokamasiga joylashtiradi;
davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni ular tuzilgan sanadan boshlab uch ish kundan kechiktirmasdan belgilangan tartibda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritadi;
2. Tanlov va tender savdolari orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalidagi elektron doʻkon savdo maydonchasida davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qoʻshimcha sahifa yaratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-yanvardan boshlab Moliya organlari va byudjet tashkilotlari moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi bazasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari uchun oʻquv jarayoniga sohadagi yetakchi mutaxassislarni keng jalb qilgan holda davlat xaridlari boʻyicha maxsus kurslar tashkil qilsin.
7. 2020-yil 1-apreldan boshlab byudjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi mablagʻlariga nisbatan Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochish orqali gʻazna ijrosi mexanizmi joriy etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2019-yil 5-dekabr
OʻzА