Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlash, ilgʻor xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratish maqsadida:
1. 2019-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;
yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oʻrta hisobda60 foizgacha yetkazish;
yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 mingdonagacha oshirish;
avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “YERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;
aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop boʻlgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;
“Oʻzavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ yetakchi xorijiy kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan “Oʻzavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etishchoralarini koʻrsin:
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023-yilgacha yanada jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
ilgʻor xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;
avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan, motor transport vositalari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi barcha korxonalar uchun soliq va bojxona rejimlarini unifikatsiyalash yoʻli bilan oshirish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni oʻzlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini pasaytirish imkonini beradigan qoʻshimcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;
avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2020-yil 1-yanvarga qadar “Oʻzavtosanoat” AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi boʻyicha texnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYEM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qoʻyilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash boʻyicha bitimlar, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda texnik koʻmaklashish boʻyicha bitimlar bilan oʻrnatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilmaydi;
b) 2019-yil 1-oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar boʻyicha“UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz soligʻi bekor qilinadi;
v) 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadi;
g) “Oʻzavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan, 1-ilovada koʻrsatilgan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:
qoʻshilgan qiymat soligʻini (koʻchmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (xoʻjalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga boshlangʻich bahosi boʻyicha auksionga qoʻyish orqali;
savdoga qoʻyilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshlangʻich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.
4. “Avtosanoat invest” MCHJ va “Oʻzavtosanoat” AJning “Oʻzavtosanoat” AJ va “Avtosanoat invest” MCHJning tegishli ravishda ustav kapitalini kamaytirish hisobiga “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJning ustav kapitalidagi “Avtosanoat invest” MCHJ ulushini balans qiymatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. “Oʻzavtosanoat” AJ 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha dilerlik tashkilotlarining ustav jamgʻarmalari (kapitallari)dagi ulushlar sotilishini tezlashtirsin.
6. Quyidagilar:
2019-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, ularning butlovchi buyumlari va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va texnologik jihozlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ:
a) ikki oy muddatda:
tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillarni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalari jalb etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish qismida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar yakunlanishini taʼminlasin;
b) 2019-yil 1-dekabrga qadar:
5-ilovaga muvofiq, “Oʻzavtosanoat” AJning 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha “General Motors” kompaniyasi bilan muzokaralar nihoyasiga yetkazilishi va bitimlar tuzilishini;
5-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari va jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobiga eng qulay shartlarda kamida 700 million AQSH dollarini jalb etishni;
avtomobil sanoatidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, jumladan, 6-ilovaga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarining ustav kapitallaridagi “Oʻzavtosanoat” AJning ulushlari (aksiyalari)ni sotish orqali investorlar jalb etishni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJning yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini rasmiy dilerlik tashkiloti (keyingi oʻrinda – rasmiy diler)ga xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan oʻzlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni toʻlash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi“TRADE-IN” dasturini 2019-yil 1-oktyabrdan tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
“TRADE-IN” dasturi doirasida quyidagilar belgilansin:
a) rasmiy diler tomonidan jismoniy shaxslarning ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga olgan sotilayotgan obyektning sotish narxi bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi boʻlib hisoblanadi;
b) rasmiy dilerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi:
belgilangan shakldagi hisob-maʼlumotnomalarni xaridorga berish tartibini joriy etish orqali ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;
mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlaridan sotib olingan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;
v) rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida yigʻim toʻlanmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy zavodlarning rasmiy dilerlarini “TRADE-IN” dasturi doirasida sotib olingan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotish uchun tegishli darajada himoyalangan hisob-maʼlumotnomalar blanklari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
2019-yilning 1-noyabriga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning xavfsizlik va sifat koʻrsatkichlarini taʼminlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2019-yilning 1-dekabriga qadar Pskent avtomobil poligoni negizida avtomobillarni va ularning ehtiyot qismlarini sinovdan oʻtkazish bazasini tashkil etish hamda uni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2020-yil 1-yanvarga qadar avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni toʻla-toʻkis sinovdan oʻtkazishni taʼminlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2020-yil 1-martga qadar “Avtomobillar uchun oʻrtacha korporativ yoqilgʻi tejamkorligi” standartini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Quyidagilar:
Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid choralarni ishlab chiqish va amalda ijro etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 7-ilovaga muvofiq;
mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhi (Xodjayev):
ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
ushbu qaror ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har 15 kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3818-son qaroriga 9-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2019-yil 18-iyul