“Doʻstlik – Qoʻyliq” metro liniyasi qurib bitkazildi

Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi boʻlgan “Doʻstlik – Qoʻyliq” metro liniyasi qurib bitkazildi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi. Xabarda qayd etilishicha, metroning ushbu uchastkasida 7 ta bekat barpo etilgan. Yangi yoʻnalishning uzunligi 11 kilometr.
Ushbu yoʻnalishda poyezdlarning oʻrtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.
Bekatlar 5 ta vagon toʻxtashi uchun moʻljallangan. Har bir bekat milliy meʼmorchilik uslubiga xos tarzda qurildi, ular koʻrinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.
Metro liniyalarining estakada yoʻnalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yoʻlovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar keltirilgan.

 

O’zA