Dunyodagi eng baland yodgorlik Hindistonda oʻrnatildi

Gujarat shtatida Hindiston milliy ozodlik harakati namoyondasi Vallabxai Patelga (1875-1950) oʻrnatilgan haykalning umumiy uzunligi 243 metrni tashkil etib, bugun Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ishtirokida yodgorlikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi TASS.
Qayd etilishicha, “Birlik yodgorligi” nomini olgan monument Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalidan 4 marta baland. Yodgorlikning bosh muallifi Hindistonning taniqli haykaltaroshi Ram Vandi Sutardir.
Ushbu yodgorlik 13 oy davomida loyihalashtirilgan boʻlib, bunyod etish ishlari 33 oyga choʻzilgan. Haykal ichida 2 ta lift harakatlanadi. Monumentning 150 metr balandligida kuzatish galereyasi oʻrnatilgan. U bir vaqtning oʻzida 200 nafar sayyohni oʻziga sigʻdira oladi. Poydevorda Vallabxai Patel hayotiga bagʻishlangan muzey joylashgan.

 

Malohat Husanova, OʻzA