Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini
yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek «Fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida»gi
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 21 sentyabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda
maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi 924–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan 162–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 1–2, 10-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda;
2004 yil, № 1–2, 18-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil,
№ 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda;
2017 yil, № 4, 136-modda; 2018 yil, № 7, 486-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari – sudlov hayʼatlarining raislari:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatidan tashqari barcha instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari
va qarorlari ustidan protest kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatlari ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hayʼatlarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzalarni taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatlari majlislarida raislik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatlari majlislarida ishlarni koʻrib chiqish uchun sudlov tarkiblarini shakllantiradi;
sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
sudlar tomonidan chiqarilgan, oʻzlari protest kiritishga haqli boʻlgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini toʻxtatib turadi;
sudyalar va sudning boshqa xodimlari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiy boʻlinmalari ishiga rahbarlik qiladi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi»;
2) 34-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
«sud majlislarida raislik qiladi;
tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi»;
beshinchi – oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha yettinchi –
oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 35-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “raislik qilishi mumkin” degan soʻzlar “raislik qiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 38-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlaydi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvarda qabul qilingan OʻRQ–460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 1-ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar”;
2) 132-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
«31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari»;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa eng kam ish haqining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
3) 173-moddaning 1-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin
“va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 191-moddaning 3-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin
“va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 195-modda birinchi qismining 7-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 231-bob bilan toʻldirilsin:
«231-bob. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish xususiyatlari
2701-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish tartibi
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
2702-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish muddatlari
Agar ushbu Kodeksda yoki oʻzga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi fuqaroning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida unga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisida daʼvo arizasi berishning uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
2703-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasining shakli hamda mazmuni
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning
189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Daʼvo arizasida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak:
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari;
2) nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
3) daʼvogarning fikriga koʻra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli buzilayotgan oʻz huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) daʼvogarning fikriga koʻra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) qaysi qonun hujjatiga zid boʻlsa, oʻsha qonun hujjati;
5) daʼvogarning qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talabi.
Daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan qarorning matni ilova qilinadi.
2704-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha
sud muhokamasining xususiyatlari
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud nizolashilayotgan qarorning yoki uning ayrim qismlarining, harakatlarning (harakatsizlikning) qonuniyligini, nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoxud nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi.
2705-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
2) nizolashilayotgan qarorning toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi;
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoki mansabdor shaxsning zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud daʼvogarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish majburiyatini yuklaydi.
Sudning ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan paytdan eʼtiboran yigirma kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi»;
7) 350-modda toʻrtinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 355-modda toʻrtinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 367-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini va pochta xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat”;
10) 387-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) 388-moddaning birinchi qismidagi “davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun boj toʻlamagan” degan soʻzlar “davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini toʻlamagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 407-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
13) 408-moddaning birinchi qismidagi “davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berganlik uchun boj toʻlamagan” degan soʻzlar “davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini toʻlamagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 427-moddaning beshinchi qismi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15) 428-modda birinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan OʻRQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 116-modda:
birinchi qismi “Sud chiqimlari” degan soʻzlardan keyin “sud xabarnomalari va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa eng kam ish haqining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) beruvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim”;
2) 292-modda birinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan OʻRQ–462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova) quyidagi qoʻshimcha
va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 113-modda:
birinchi qismi “Sud chiqimlari” degan soʻzlardan keyin “sud xabarnomalari va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa eng kam ish haqining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 130-modda quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
«11) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari toʻlanganligini»;
3) 206-modda birinchi qismining 1-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 210-modda birinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 230-modda birinchi qismining 1-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 234-modda birinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 253-moddaning beshinchi qismi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 255-modda birinchi qismining 2-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi 108–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 183-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh. Mirziyoyev
O’zA