Prezident: Samarqand barcha sohada metodik viloyat bo‘lishi kerak

53

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Imom Buxoriy maqbarasi hududi 45 gektargacha kengaytirilib, 10 ming kishilik masjid, innovatsion muzey barpo etildi, atrofida o‘nlab mehmonxona va mehmon uylari qurilmoqda.

Agar Indoneziya, Malayziyadan ilg‘or turistik kompaniyalar olib kelinib, mehmonxonalar boshqaruvga berilib, o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilsa, turistlar oqimi yanada keskin ko‘payishi ta’kidlandi.

Bugun viloyat nafaqat turizmdagi, balki sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishdagi ulkan salohiyati bilan investor va tadbirkorlar uchun chinakam jozibador maskanga aylanib bormoqda.

– Endi Samarqand – ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, investitsiya, eksport, umuman barcha sohada metodik viloyat bo‘lishi kerak. Buning uchun tuman hokimlari o‘zini hududini xususiyatidan kelib chiqib, bor shtatlarini tahlil qilib, samarasizini qisqartirib, xorijdan zamonaviy menejerlar, mutaxassislar olib kelib, yangicha ishlashga o‘tishi zarur, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘zA