Yer bilan tillashganning ro‘zg‘ori to‘kin bo‘ladi (+video)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi Bahor mahallasida istiqomat qiluvchi Otajon O‘razimbetov yer bilan tillashgan nuroniylardan.
Nafaqadagi otaxon o‘tgan yili 3 sotix yer maydonida termos usulida issiqxona qurdi.
Andijon viloyatidan banan ko‘chatlarini olib kelib yerga qadadi. Hozirda ko‘chatlar to‘liq ildiz otib, bo‘yi 2,5 metrga yetgan.
Bundan tashqari, Otajon O‘razimbetov tomorqasiga qovun, tarvuz, pomidor, bodring, kartoshka va boshqa sabzavot hamda poliz ekinlari yetishtiradi. Tomorqa mahsulotlari ayni kunlarda dehqon bozoriga peshma-pesh chiqarilib, aholi dasturxonini bezamoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA