Hamkorlik borasidagi uchrashuv

91

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F. Ermanov Xitoyning “China Energy Conservation and Environment Protection Group” (CECEP) delegatsiyasi a’zolarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, quyosh va shamol energiyasini ishlab chiqarish, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suvlarni tozalash, chiqindilarni utilizatsiya qilish, shuningdek, energiya tejamkor LED yoritish tizimlarini joriy etish kabi sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Vazirlar Kengashi raisi  Prezidentimiz rahbarligida investorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida so‘zlab berdi. O‘z navbatida delegatsiya a’zolari Orolbo‘yi hududida yaratilayotgan qulay investitsiya muhitini yuqori baholab, kelgusida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri