Italiya bosh vaziri Qozog‘istonga keladi

163

Prezident Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 26-27 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi, deb xabar berdi Oqo‘rda matbuot xizmati.

– Muzokaralar davomida tomonlar Qozog‘iston va Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish istiqbolini muhokama qiladi. 27 aprel kuni Astana shahrida “Markaziy Osiyo – Italiya” formatidagi birinchi sammit bo‘lib o‘tadi, – deyiladi xabarda.

Avvalroq, Qozog‘iston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayev va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi.