Hasanboy Do‘smatov ukasiga qarshi ringga chiqmadi

151

Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov“ xalqaro xotira musobaqasining kechagi bahslarida 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.

Musobaqaning vazni 54 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bellashuvida qiziq holat ro‘y berdi. Ushbu vazndagi chorak final bahslarida aka-uka Hasanboy va Faryozbek Do‘smatovlar o‘zaro to‘qnash keldi. Biroq Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy ushbu jangga chiqmadi va Faryozbek yarim finalda qozog‘istonlik Saken Bibosinovga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Aslida mazkur musobaqa oldidan ko‘plab boks muxlislari Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibosinov jangini kutgan edi. Endi esa barchamiz Faryozbekka muxlislik qilamiz.

Shuningdek, kechagi bahslarda Aziza Zokirova, Muhammadazizbek Ismoilov, Asilbek Abdurahmonov, Rahmatilla Boymatov, Sanjar Vahobov, Abdulloh Ma’daminov va Adhamjon Muhiddinov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz o‘z vaznlarida g‘alaba qozondi. Faqat Shodiyorjon Meliqo‘ziyev mag‘lubiyatga uchradi.

“Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turnirida bugun chorak final janglari davom etadi va unda 6 nafar bokschimiz jang qiladi:

-50 kg: Gulsevar Ganiyeva – Mungunsaran Balsan (Mo‘g‘uliston)

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova – Michdma Erdenedalay (Mo‘g‘uliston)

-60 kg: Rashida Tagirova – Anastasiya Alekseva (Rossiya)

-60 kg: Shohrux Abdumalikov – Dmitriy Dvornichenko (Belarus)

-66 kg: Aysanem Saruarova – Mbamba Merveyl (Kongo)

-86 kg: Nusratbek Tohirov – Anzor Suleymanov (Rossiya)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA