Nukusda O‘zbekistonning eng kuchli voleybol jamoalari saralanmoqda
Bugun, 4 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U19 yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining birinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Kecha chempionatning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri B.Torebekov, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi F.Alimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri E.Qutibayev va boshqalar jamoalarga omad tiladi.
Musobaqalarda qizlar jamoalari ikkita, o‘g‘il bolalar 4 ta guruhga bo‘lingan holda chempionlik uchun o‘zaro bahslarga kirishadi.
Chempionat nizomiga binoan, 6 aprelga qadar guruh o‘yinlari bo‘lib o‘tsa, 7-8 aprel kunlari yarim final va final musobaqalari tashkil etiladi.
Chempionat yakunlariga ko‘ra, iqtidorli sportchilar terma jamoalarga jalb etilishi nazarda tutilgan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA