“Osiyo kubogi-2026” saralashidagi raqiblarimiz aniq bo‘ldi

230

2026 yilning 1-21 mart kunlari futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida “AFC Womenʼs Asian Cup Australia-2026” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur Osiyo kubogi ishtirokchilarini aniqlash maqsadida saralash bahslariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “F” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda futbolchilarimiz Nepal, Laos, Shri-Lanka termalari bilan raqobatlashadi.

Terma jamoamiz ishtirokidagi saralash bellashuvlari joriy yilning 23 iyun – 5 iyul kunlari mamlakatimizda o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA