Dunyodagi eng yirik bug‘ular qo‘riqxonasi (+video)

Xitoyning Jiangsu provinsiyasidagi Bug‘ular milliy tabiat qo‘riqxonasi, dunyodagi eng yirik bug‘ular qo‘riqxonasi hisoblanadi. Ushbu qo‘riqxona 1986 yilda Buyuk Britaniyadan 39 ta milu bug‘usi olib kelinib tashkil etilgan. Bugungi kunda bu yerda 2 000 dan ortiq bug‘u yashaydi.
Qo‘riqxona umumiy maydoni 78 000 gektarni tashkil etadi. 2002 yilda Ramsar konvensiyasi doirasida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu hudud tipik intertidal botqoq ekotizimiga ega bo‘lib, ko‘plab noyob hayvon turlarini, jumladan, 315 xil qush, 600 xil hasharot va 156 xil baliq turlarini o‘z ichiga oladi.
Qo‘riqxona ekoturizm uchun eshiklarini keng ochgan. Yillik tashrif buyuruvchilar soni 1 milliondan oshadi.
Nozimbek Mardonov, O‘zA