Go‘zallik – liboslar jilvasida (video)

222

Nukus shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida Navro‘z bayrami munosabati bilan “Go‘zallik – liboslar jilvasida” mavzuida yosh dizaynerlar va milliy liboslar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda respublika hududidagi barcha tuman va shahardagi “Barkamol avlod” bolalar maktablaridan jami 10 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalarning bilim va mahorati belgilangan uchta shart asosida sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov doirasida milliy va zamonaviy liboslar ko‘rgazmasi, sumalak sayli, rasm chizish bo‘yicha mahorat darsi, shuningdek, yosh iqtidor egalari tomonidan dilbar raqs va qo‘shiqlar namoyish etildi.

Yakunda tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar va tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA