AQSH – Ukraina: muzokara eshigi hali yopilmagan

236

“Reyter” agentligi manbalarga tayanib, AQSH Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi”, – deb yozdi.

“Blumberg” esa Amerika yetakchisining qarori Vashington Kiyevga ko‘rsatayotgan barcha joriy harbiy yordamga taalluqli, deya ta’kidladi.

AQSHdan yuborilgan, lekin haligacha Ukrainaga yetkazilmagan qurollarni Ukraina harbiylariga topshirish to‘xtatiladi, degan ismini oshkor etmagan Amerika yuqori martabali rasmiysi.

Tanaffus Tramp “Ukraina rahbariyati urushni tinch yo‘l bilan hal qilish majburiyatini namoyish qildi” degan qarorga kelguniga qadar davom etadi, deyilgan xabarda.

Avvalroq Oq uy vakili Prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatish qarori qabul qilingani haqidagi xabarlarni tasdiqlab, Vashington Ukrainani tinchlikka erishish tarafdori bo‘lishga chaqirgan edi.

O‘tgan hafta Tramp Oq uyda Ukraina mineral resurslarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvni imzolash uchun kelgan Prezident Vladimir Zelenskiy bilan tortishib qoldi. AQSH yetakchisi suhbatdoshidan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish va Rossiya rahbari Vladimir Putinni tanqid qilishdan cheklanishni talab qildi. Vitse-prezident Jey Di Vens esa Zelenskiyni demokratlarning noshukur tashviqotchisi, deb atadi.

Zelenskiy и Tramp поссорились - что дальше и какие последствия для Украины,  все подробности | РБК Ukraina

Uchrashuv yakunida Tramp Zelenskiy tinchlikka tayyor emasligini iddao qilib, uni Qo‘shma Shtatlarga hurmat ko‘rsatmaganlikda aybladi. Dahanaki aytishuvdan keyin Kiyev delegatsiyasidan Oq uyni tark etish so‘ralgan va natijada kelishuv imzolanmay qolgan.

Shu voqeadan keyin Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Zelenskiy o‘ziga kelishi va muzokara davrasiga qaytishi kerakligi, aks holda Ukrainani boshqa birov boshqarishi zarurligini aytdi.

Endi nima bo‘ladi?

Economist” nashri yozishicha, AQSH yordami to‘xtatilishi Ukraina Qurolli kuchlarida qurbonlar soni oshishiga olib keladi.

Tahlilchilar fikricha, ukrainalik harbiylar hamon AQSH qo‘lloviga kuchli ehtiyoj sezadi.  Snaryad yetkazilmasa, ayrim zambaraklardan foydalanish kamayadi. “Patriot” havo mudofaasi tizimiga yangi raketa berilmasa, ukrainlar ko‘p shaharlarda havo hujumiga qarshi mudofaani ta’minlay olmaydi.

Oliy Rada deputati Irina Gerashchenko ham ko‘mak cheklanishi Kiyevga jiddiy va keskin zarba bo‘lishini ta’kidlagan.

Помирить Trampа и Зеленского: Европа не хочет помогать без SША

Agar AQSH Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatsa, butun front o‘ta jiddiy va sezilarli zarbaga uchraydi, – deb yozgan u ijtimoiy tarmoq orqali. – Buning oldini olish yoki ahvolni tuzatish uchun imkon darajasida harakat qilishga majburmiz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Ukraina hukumati va jamiyati o‘rtasida jiddiy va halol suhbat o‘tkazish zarur.Afsuski, Zelenskiy parlament bilan uchrashmayapti.

Munosabatni saqlab qolish imkoni bormi?

Tramp Oq uydagi muvaffaqiyatsiz muloqotdan so‘ng Ukraina bilan mineral moddalar qazib olish bo‘yicha kelishuv bekor bo‘ldi, degan taxminni rad etdi.

– Yo‘q, men bunday o‘ylamayman, – dedi u ayni mavzuga izoh berarkan. – Biz mojaroga imkon qadar tezroq barham berishni istaymiz, urush yillar davom etishini xohlamaymiz.

Amerika rahbari ishonchli tinchlik kelishuvi doirasida Rossiyaga qarshi qator sanksiyalar bekor qilinishi ehtimolini ham inkor etmagan.

Tramp пообещал Украине проблемы при отказе от сделки по ископаемым — РБК

Xabarlarga ko‘ra, davlat rahbari seshanba kuni Kongressning har ikki palatasi qo‘shma majlisida nutq so‘zlaydi.

Keyinchalik Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uols bayonot berib, “Tramp muzokarani qayta boshlash uchun ochiq, faqat Zelenskiy pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi, kechirim so‘rashi va foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni imzolashga tayyor bo‘lishi hamda tinchlik muzokarasiga kirishishini bildirishi kerak”, – dedi.

Muloqotni davom ettirish umididan rasmiy Kiyev ham voz kechmaganini ta’kidlamoqda. Zelenskiy dushanba kuni “Biz Amerika va yevropalik hamkorlar bilan birga ishlayapmiz, tinchlik yo‘lida AQSHning qo‘llab-quvvatlovidan umidvormiz, tinchlik imkon qadar tezroq kerak”, – deb yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

S.Rahimov, O‘zA