Davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi o‘zgarmoqda (+video)

163

Prezidentimizning 2024 yil 10 iyuldagi “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tadbirkorlar, tashkilot va idoralarga ko‘plab qulaylik yaratib berilgandi.

Shu yilning 24 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori e’lon qilindi. Ushbu hujjat tadbirkor va tashkilotlarga qulaylik yaratishi barobarida mablag‘larni tasarruf etishda shaffoflikni ham ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Shu va moliya sohasidagi yangiliklar xususida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat xaridlari siyosati departamenti bosh mutaxassisi Shirin Hakimova bilan suhbatlashdik.

– Ushbu Nizomni qabul qilish zaruriyati bormidi? Bu bilan davlat xaridlarida nimalar o‘zgaradi? 

– Vazirlar Mahkamasining 249-sonli qarorlariga asosan vazirligimiz tomonidan “Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqildi. Kuni kecha bu bo‘yicha 108-sonli qaror qabul qilindi. Qarorning qabul qilinishining asosiy zaruriyatlaridan biri sifatida O‘zbekistonda korporativ bank kartalari orqali davlat xaridlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilmagan edi. Mazkur hujjatning qabul qilinishi natijasida esa endi davlat buyurtmachilari bemalol korporativ bank kartalari orqali Nizomda belgilangan tovar, ish, xizmatlarning xaridini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA