Gandbolchilar Qoraqalpog‘iston chempionatida bahslashdi (+video)

224

Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2008 yilda tug‘ilgan va undan katta yoshdalar yigit-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanlar va Nukus shahridan qariyb 20 jamoa o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi birinchi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi ikkinchi, Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Nukus shahri jamoasi g‘olib bo‘ldi. Qorao‘zak tumani sportchilari ikkinchi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA