Italiyadagi muzeyda mijoz XVI asrga oid kartinaga zarar yetkazdi

Italiyaning Breshiya shahridagi muzeylardan biriga kirgan ayol yiqilib tushib, tasodifan XVI asrda chizilgan rasmga shikast yetkazdi, deb yozdi mahalliy “Giornale di Brescia” gazetasi.
– Ayol qoqilib yiqilgach, qo‘lini surat ustiga qo‘ygan, – deydi majmua direktori Stefano Karajov. – Yaxshiyamki, juvonning o‘ziga zarar yetmadi. Bunday voqealar uchrab turishi tabiiy. Ayniqsa, ko‘rgazma ancha mashhur bo‘lgan hozirgi payt.
Voqea Uyg‘onish davri mahalliy rassomlari ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada sodir bo‘lgan. Usta Morettoga tenishli shikastlangan, noodatiy ushbu asar 1522-1524 yillarda liturgik marosimlar uchun ikki yoqli matoga ishlangan. Bir tomonida ikki noma’lum avliyo, boshqa tarafida Bibi Maryam radikal diniy harakati vakillari bilan birga tasvirlangan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari shikastlangan suratni namoyish qildi: tasvirning pastki o‘ng burchagida kaft o‘lchamida yirtilgan yuza bo‘lagi ko‘rinib turibdi.
Karajov rasmni to‘liq tiklash mumkinligini aytgan. Sababi, yirtiq chizig‘i aniq va tasvirga zarar bermagan. San’at asari darhol restavratsiya qilish uchun laboratoriyaga yuborildi.
Zarar qiymati bir necha ming yevroni tashkil etadi.
– Ehtiyotsiz ayol esa tashvish chekmasa ham bo‘ladi, chunki rasm sug‘urtalangan, – deydi mas’ullar.