Taxiatoshda soliqlar undirildi

181

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining joriy yil 24 yanvardagi qaroriga asosan qarzdor “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatidan 5 milliard 625,3 million so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Ta’kidlash joizki, soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanmagan qarzdorliklar majburiy undiruv choralari qo‘llanilgan holda Byuro organlari tomonidan undiriladi. Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning bank hisob raqamiga 27 yanvar kuni elektron inkasso qo‘yildi va barcha hisob raqamlariga taqiq o‘rnatildi. Shuning natijasida, 5,6 milliard so‘mdan ziyod soliq qarzdorligi undirildi va ushbu pul mablag‘i davlat byudjetiga yo‘naltirildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri