“Harbin-2025”: 13 nafar sportchimiz 4 ta sport turida qatnashmoqda

321

Bugun, 9 fevral kuni Xitoyda davom etayotgan “Harbin-2025” qishki Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kun bahslarida qit’aning 34 davlat sportchilari 8 ta sport turida bahslarda ishtirok etmoqda. Shundan 6 tasida medallar o‘ynalsa, 2 tasida saralash musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Mamlakatimizning 13 nafar sportchisi “Harbin-2025”ning 4 ta sport turidagi musobaqalarda o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

Ortda qolgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, hozirda medallar jamg‘arish bo‘yicha kutilganidek Xitoy 14 ta oltin, 13 ta kumush, 12 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi pog‘onada borayotgan Janubiy Koreya delegatsiyasi 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza qo‘lga kiritgan. Yaponiya 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA