Blits bo‘yicha 3 ta yosh toifasida mamlakat chempionlari aniq bo‘ldi
186
Jizzax viloyatida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining blits yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Unda Hasan Akramov va Sarvinoz Begmuratova 12 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar orasida tengsiz ekanliklarini yana bir bor namoyish etgan bo‘lsa, Mirzohid Muhiddinov va Zarina Ne’matjonova 10 yoshli shaxmatchilar orasida birinchi pog‘onadan joy oldi.
8 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida Sayfuddin Erkinboyev 8 ochko jamg‘arib, mamlakat chempioniga aylandi. Ushbu yoshdagi qizlar orasida Zarina Larina 7 ochko bilan g‘olib bo‘ldi. Zarina standart yo‘nalishida muddatidan oldin mamlakat chempioni bo‘lgan bo‘lsa, rapid bahslarida bronza medaliga ega chiqqan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA