Qilichbozlarimiz jahon kubogida tengsiz
148
Qilichbozlik bo‘yicha Gruziyaning Tbilisi shahrida yoshlar o‘rtasi jahon kubogi bosqichi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi yakkalik va jamoaviy bahslarda tengsiz bo‘ldi.
Mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Braziliya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Vengriya, Ozarbayjon kabi davlatlardan kelgan 130 nafardan ortiq qilichbozlar ishtirok etgan mazkur jahon kubogi bosqichining sablya bellashuvlarida terma jamoamiz a’zosi Samira Shokirova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.


Jamoaviy bellashuvlarda esa O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalda Germaniyani 45:35, yarim finalda Italiyani 45:37, so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida Vengriyani 45:40 hisobida taslim qildi. Bu g‘alabalar evaziga termamiz oltin medal va kubokni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA