Akademik askarlar bilan suhbat qildi

130

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Vatanparvarlik milliy qadriyatlarimizning mustahkam ustuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, akademik Tursunali Qo‘ziyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Ayjamal Yusupova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi badiiy ekspertiza sho‘’basi boshlig‘i Serikbay Baybosinov hamda bir guruh muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir mehmonlari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan qatnasharkan, Vatan tinchligi va ozodligi, taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosdan so‘z ochdilar. Yurtimizda qad rostlab turgan madaniy meros ob’ektlari va ularning tarixi haqida gapirishdi, vatanparvarlikning mohiyatini teran anglamoq lozimligini uqtirishdi. Tadbir qizg‘in suhbat, savol-javoblarga boy o‘tdi. Yurtimizning rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan zamondosh arboblar bilan kechgan mazmunli davra suhbati yosh askarlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘nggida mehmonlar Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug tarixini o‘ziga jo etgan muzey eksponatlari bilan tanishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri