Yoshlar Osiyo o‘yinlari ramzi tasdiqlandi

171

Bahrayn mezbonlik qiladigan III Osiyo o‘yinlarida 45 davlatdan 14-17 yoshli 2000 dan ziyod sportchi ishtirok etadi. Joriy yil 22-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqa ramzi keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Tadbirda Osiyo olimpiya kengashi, mezbon mamlakat Olimpiya qo‘mitasi hamda Yoshlar va sport Oliy Kengashi rahbariyati, bir necha sport turlari bo‘yicha qit’a federatsiyalari vakillari to‘plandi.

21 sport turi, 26 yo‘nalish bo‘yicha kechadigan bahslar jarayonida jami 207 ta tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, dastlab O‘zbekistonga berilgan ushbu “Kichik olimpiada”ni tashkil etish huquqi Osiyo olimpiya kengashi qarori bilan Bahraynga o‘tgan.

T. Ro‘ziyev, O‘zA