Paralimpiada: istiqbolli rejalar muhokama qilindi

159

Sport vazirligida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida amalga oshirilgan islohotlar, 2025 yilgi ommaviy sport tadbirlari tavqimi, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda sport maktablarida matonatli sportchilarning qamrab olinish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, joriy yil Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Para Osiyo o‘yinlari, 2025 yili Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Islom birdamlik o‘yinlari, 2026 yili Yaponiyada o‘tkaziladigan Para Osiyo o‘yinlari, 2026 yili Italiyada bo‘lishi kutilayotgan qishki paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik va O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibida ishtirok etuvchi para atletlarimizning ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev mamlakatimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish yo‘nalishida mavjud muammolar va ularni ijobiy hal etish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Muhokamalar so‘nggida bildirilgan taklifdan kelib chiqib, mas’ullarga zarur vazifalar yuklandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA