“BMB” qatorasiga uchinchi bor O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
155
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi bahslarining 5-tur uchrashuvlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida o‘tmoqda.
Mazkur turning navbatdagi kunida “Nasaf” – “Bunyodkor” bahsi 4:4 hisobida yakunlangan bo‘lsa, “Surxon” 2:5 hisobida “Dinamo”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Poytaxt derbisida “Lokomotiv” 4:2 hisobida “Paxtakor”dan ustun keldi.

Oliy ligada mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan “BMB” futzal klubi “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yinda 14:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, mazkur g‘alabadan so‘ng “BMB” futzal klubi 30 ochko jamg‘arib, qatorasiga uchinchi bor O‘zbekiston chempioniga aylandi.

Bugun, 22 yanvar kuni “OIL Star” – “OKMK”, “Dinamo” – “Maksam Chirchiq”, “Paxtakor” – “Surxon” klublari o‘rtasidagi bahslar guvohiga aylanamiz.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA