Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan «Qirol Abdulloh» stadioni Ispaniya Superkubogining yarim final bosqichidan o‘rin olgan “Real Madrid” va “Malorka” klublari bahsiga mezbonlik qildi.

Ushbu uchrashuvning 62-daqiqasida Jud Bellingem hisobni ochgan bo‘lsa, 90+3-daqiqada Dias ikkinchi golni kiritdi. Rodrigo esa o‘yinning 90+5-daqiqasida “Malorka” darvozasiga uchinchi to‘pni joylab qo‘ydi. Bu natijadan so‘ng, “Real Madrid”  Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi.

Endi Ispaniya Superkubogining so‘nggi hal qiluvchi final bahsida “Qirollik klubi” Kataloniyaning “Barselona” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 12 yanvar kunidan 13 yanvarga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da «Qirol Abdulloh» stadionida boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish lozimki, “Real” jamoasi Ispaniya Superkubogining finalida ketma-ket to‘rtinchi marotaba ishtirok etmoqda. E’tiborli jihati shundaki, ushbu finallarning so‘nggi uchtasi aynan “Barselona”ga qarshi o‘tmoqda.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, 2022 yil madridliklar “Atletik Bilbao” bilan raqotlashib, 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

2023 yilgi finalda esa Kataloniya jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yinda poytaxt klubi 3:1 hisobida yengildi. Umid qilamizki, bu yilgi “El-klassiko”da futbol muxlislari chiroyli o‘yin va gollar shousi guvohiga aylanadi.

Darvoqe, “Real” va “Barselona” klublarining Ispaniya Superkubogi doirasidagi o‘zaro o‘yinlari soni ayni damda 15 taga yetgan. Unda “Real” 9 marotaba g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Barselona” 4 uchrashuvda g‘olib bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi ikki uchrashuvda durang qayd etilgan.

Bugunga qadar “Barselona” Ispaniya Superkubogini 14 marotaba qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Real” ushbu sovringa 13 marotaba ega chiqqan.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA