Anqara Suriyadagi Kurdiston Ishchi partiyasi jangarilariga shartli talab qo‘ydi, agar chaqiriqlar e’tiborga olinmasa, harbiy operatsiya shoshilinch bo‘lishi mumkin, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan “CNN Turk” telekanaliga bergan intervyusida.
– Biz ularga barcha qurollarni tashlab, mamlakatni tark etish zarurligi haqida talab qo‘ygan edik, ammo ayni payt vaqtdan yutishga urinishlar bo‘layotganini ko‘rayapmiz, -dedi u.
Anqara chaqiruvlari e’tiborsiz qolsa, muqobil choralar ko‘riladimi, deb so‘ralganda, Turkiya Tashqi ishlar vaziri agar shunday holat kuzatilsa, harbiy operatsiya shoshilinch bo‘lishini ta’kidladi.
S.Rahimov, O‘zA