Tibetda sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 95 kishi halok bo‘ldi, 130dan ortiq kishi jarohatlandi.
“Euronews” xabariga ko‘ra, yerosti silkinishlari Nepal va Hindistonda ham sezilgan.
AQSH Geologik xizmati 7,1 magnitudali zilzila markazi Tibet hududida, taxminan 10 kilometr chuqurlikda bo‘lganini ma’lum qildi. Tabiiy ofat epitsentri mamlakat poytaxti Lxasadan taxminan 380 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Xitoy davlat matbuoti zilzila o‘chog‘i atrofidagi hududlarda o‘rtacha balandlik taxminan 4200 metrni tashkil etganini xabar qildi.
Musulmon Ziyo, O‘zA