Yengil atletikachilar bahsi

240

FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida yengil atletika bo‘yicha 2004-2006 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Kegeyli, Shumanay, Xo‘jayli, Ellikqal’a tumanlari va Nukus shahridan jami 200 nafardan ziyod sportchi qatnashdi.

Musobaqada  ishtirokchilar tegishli yosh toifasida belgilangan masofaga yugurish bo‘yicha o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.

G‘oliblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirligi, O‘zbekiston  yengil atletika federatsiyasi  Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Favqulodda  vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan  medal, diplom va  qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA