Moskva shahrida dzyudo bo‘yicha professionallar o‘rtasida o‘tkazilgan “Russian Judo Tour” xalqaro musobaqasida 100 dan ziyod sportchilar qatorida o‘zbekistonlik 3 nafar sportchi sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.

Xalqaro turnirning 66 kilogramm vaznidagi bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Muhriddin Tilovov saralash bahslarida rossiyalik va ozarbayjonlik raqiblarini mag‘lub etdi. Yarim final bahsida qozog‘istonlik Sherxon Baxtigaliyevdan ustun keldi. Ammo finalda tojikistonlik Nurali Imonaliga kichik hisobda imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ushbu vaznda tatamiga chiqqan mahoratli dzyudochimiz Dilshodbek Baratov saralashdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Yarim final ostonasida aynan turnir g‘olibligiga erishgan tojikistonlik dzyudochidan yengilib, 5-o‘rin bilan kifoyalandi.

73 kilogrammda o‘z omadini sinab ko‘rgan hamyurtimiz Azizbek Zokirjonov saralash musobaqalarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Ammo chorak finalga o‘tish ostonasida Eron vakiliga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Hamyurtimizdan ustun kelgan eronlik sportchi yarim final ostonasida rossiyalik dzyudochi tomonidan to‘xtatildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA