Poytaxtimizdagi “Renessans kino uyi”da “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun shaxmat bellashuvlari nihoyasiga yetdi. Shaxmatchilar o‘z reyting darajalari bo‘yicha 3 ta guruhga bo‘lingan holda bahs olib bordi.
“Masters” guruhida 9 imkoniyatdan 7,5 ochko to‘plagan hindistonlik shaxmatchi Bashkaran Adhiban «Toshkent shahar hokimi kubogi» hamda 100 million so‘m bilan taqdirlandi. 2-o‘rinni Timur Gareyev egalladi. Unga 50 million so‘m berildi. 3-o‘rin Azamat Utegaliyev (25 million so‘m)ga nasib etdi.
“Challengers” guruhida 9 imkoniyatdan 7,5 ochko to‘play olgan hamyurtimiz Shavkatjon Abduxoliqov guruhda yetakchi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni egallagan Biloliddin Obidov bilan Sherzod Samandarov hisobida ham 7,5 tadan ochko bo‘lsada, ba’zi bir ko‘rsatgichlar bo‘yicha Shavkatjon 1-o‘ringa haqli edi.
“Age Group” guruhida 7,5 ochko to‘plagan Islombek Husanov guruhda peshqadam bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar egallagan o‘rinlariga mos ravishda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
O‘zA fotomuxbiri
Muhammad AMIN olgan suratlar.