O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, kurash milliy sport turi bo‘yicha xalqaro darajadagi malakali trenerlar va hakamlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish tizimini joriy etiladi. Shuningdek, kurash milliy sport turi bo‘yicha ilmiy-tadqoqot loyihalarini amalga oshirib borish, shuningdek, zarur o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqishni tashkil qilish;
kurash milliy sport turining yangi yo‘nalishlarini joriy qilishda ishtirok etish, ularni ommalashtirish choralarini ko‘rish;
kurash milliy sport turi trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yo‘lga qo‘yish;
kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu milliy sport turini umumjahon miqyosidagi sport turiga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston kurash federatsiyasiga o‘z moliyaviy holatidan kelib chiqib Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirib borish uchun zarur mablag‘larni yo‘naltirib borish huquqi beriladi. Mahalliy yirik tadbirkorlik sub’ektlarini Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga rasmiy homiy sifatida jalb qilib borish yo‘lga qo‘yiladi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida kurash milliy sport turi bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Xalqaro kurash instituti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ushbu qaror bilan Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi.
O‘zA