Turkiyaning Istanbul shahrida dzyudo sport turiga kiritilgan yangi qoidalar bo‘yicha hakamlar uchun xalqaro texnik seminar tashkil etildi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan o‘tgan ikki kunlik seminarda o‘zbekistonlik bir guruh hakam va murabbiylar ham ishtirok etdi.
Dzyudo bellashuvlariga kiritilgan yangi qoidalar 2025 yilgi sport mavsumidan e’tiboran tatbiq etiladi.
Mazkur seminarda o‘zbekistonlik Olimpiya toifasidagi referilar Ramziddin Saidov, Vyacheslav Pereteyko, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov, murabbiylar Tohir Fayziyev, Iskandar Rasulov, Aziz Toshmatov, Rahim Subhonov qatnashdi hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA