Rojdestvo bayrami munosabati bilan qilgan nutqida AQSHning saylangan Prezidenti yangi ma’muriyat kelasi oy Oq uy boshqaruvini qo‘lga olgandan keyin tashqi siyosatda hal qilinadigan ba’zi ustuvor yo‘nalishlarni oshkor qildi.

“IRNA news” yozishicha, Donald Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatib, Yaqin Sharqdagi taranglikni bartaraf etish va Uchinchi jahon urushi xavfi paydo bo‘lishining oldini olishga va’da bergan.

– Biz ahmoqona xorijiy urushlarda Amerika ishtirokini to‘xtatamiz, – dedi Tramp.

U AQSH harbiylariga “Amerika osmonini himoya qilish uchun Temir gumbaz tizimi yaratish” buyurilganini ham qo‘shimcha qildi.

Qo‘shma Shtatlarning yangi rahbari Yaqin Sharqqa ham jiddiy e’tibor qaratib, ba’zi arab yetakchilari bilan uchrashishga ulgurdi. Shuningdek, Bayden ma’muriyatini tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizligi uchun qayta-qayta ayblab, “Amerika uchun oltin asr kirib kelmoqda” deya xitob qildi.