Olmaota shahridagi Qozog‘iston davlat turizm va sport akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlab “Olimpiya sporti va sport hamma uchun” mavzusida o‘tkazilgan XXVIII xalqaro ilmiy kongressda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegatsiyasi ishtirok etdi.

Kongress davomida  O‘zbekistonda sport ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida chiqishlar qilindi.

Ilmiy kongress doirasida professor G.Korobeynikov va F.Kerimov hammuallifligida O‘zbekiston sport ta’limi va mahoratli sportchilarni tayyorlash tizimiga hamda mamlakatimizda erkin, yunon-rum kurashi ustalarining natijalariga, xalqaro maydonda yuz berayotgan sport kurashlaridagi yangiliklarga bag‘ishlangan “Olimpiya kurashining ilmiy asoslari“ nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ingliz tilida chop etilgan ushbu kitob Qozog‘iston davlat turizm va sport akademiyasiga tuhfa etildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA