Kunchiqar mamlakatning energiya siyosati loyihasiga ko‘ra, 2040 yilga qadar qayta tiklanadigan energetika orqali o‘z ehtiyojlarining 50 foizini, atom bilan esa 20 foizini qondirmoqchi, sababi bu o‘lka o‘sib borayotgan quvvatni ta’minlash bilan birga, toza yonilg‘i manbalari sari intilmoqda.

Suyultirilgan gazning dunyodagi ikkinchi yirik importchisi va Yaqin Sharq neftining asosiy iste’molchisi sifatida Yaponiya va uning asosiy energiya rejalari global miqyosda neft, gaz va ko‘mir ishlab chiqaruvchilarning e’tiborini tortmoqda.

Sanoat vazirligining loyihasida 2040 yilgacha yashil energiya ta’minotini 40% dan 50% gacha oshirish taklif qilindi, bu orqali 2023 yildagi 22,9% ulush taxminan ikki barobarga ko‘tarilishi va 2030 yilga qadar 36% va 38% dan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi rejada avvalgi “atom energetikasiga bo‘lgan qaramlikni iloji boricha kamaytirish” maqsad qilingan. Avval, asosiy e’tibor karbonsizlanishga qaratilgan bo‘lsa-da, ortib borayotgan geosiyosiy xavflar, jumladan, Rossiya-Ukraina nizosi ko‘proq e’tiborni energiya xavfsizligiga qaratdi.

O‘tgan oy sanoat va atrof-muhit vazirliklarining qo‘shma yig‘ilishida 2035 yilga kelib issiqxona gazlari chiqindisini 60 foizga va 2040 yilga kelib 73 foizga qisqartirishni, 2050 yilga kelib esa nolga tushiruvchi strategiya loyihasi e’lon qilindi. Uning yakuniy namunasi kelasi yil fevral oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga taqdim etiladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA