Tennis bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi sentyabr oyida “Devis kubogi“ning II Jahon guruhi doirasida Estoniya termasini 3:1 hisobida mag‘lub etgan holda navbatdagi bosqichga chiqqan edi.
Shu tariqa, I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichida tennischilarimiz Bosniya va Gersegovina terma jamoasi bilan raqobatlashadi. Ushbu bahs 2025 yilning 31 yanvar-1 fevral kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu kunlarda mazkur musobaqani mamlakatimizning qaysi hududida va majmuasida o‘tkazilishi muhokama qilinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston terma jamoasining I Jahon guruhiga chiqish ostonasidagi raqibi bilan bugunga qadar biror marotaba ham o‘yin o‘tkazmagan. Hozirda termamiz “Devis kubogi“ reytingida 287,5 ochko bilan 42-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Bosniya va Gersegovina mazkur reytingda 30-o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA