O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot konferensiyasi tashkil etildi.
Unda O‘FA tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, kun tartibidan tashkilotga yangi rahbar saylash masalasi o‘rin olmagani bois tashkilotning hozirgi prezidenti Abdusalom Azizov o‘z faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekistonda futbolni yorituvchi OAV xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Abbosbek Fayzullayev yilning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Timur Kapadze esa yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.
Futzal bo‘yicha Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishdagi hissasi uchun mezbon shaharlar — Toshkent, Buxoro va Andijon assotsiatsiyalari e’tirof etildi.
Quyida nominatsiyalar g‘oliblari bilan tanishasiz:
Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi — Muhammadyusuf Sobirov (“So‘g‘diyona”);
Yilning eng yaxshi hakami — Ilgiz Tantashev;
Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi — Nodir Eliboyev (BMB);
Yilning eng yaxshi futzalchisi — Husniddin Nishonov (“Viten”, Belarus);
O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi — Diyora Habibullayeva (“Trabzonspor”, Turkiya);
Eng yaxshi murabbiy — Vladislav Xan (“Sevinch”);
Oliy liga to‘purari — Lyudmila Karachik (“Sevinch”);
Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi — Maftuna Shoyimova (“Sevinch”);
Shuningdek, yana turli yo‘nalishlarda eng yaxshilar aniqdandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA