Bugun, 11 dekabr kuni Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida erkaklar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Quvonarlisi, qit’a birinchiligining ushbu final bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 10 nafar vakili oltin medallar uchun jang olib boradi. Quyida final bahslarini o‘tkazadigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishasiz.

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) 12:00

-51 kg: Asilbek Jalilov – Marvin Tabamo (Filippin) 12:15

-54 kg: Shahzod Muzaffarov – Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston) 12:35

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Orazbek Assilkulov (Qozog‘iston) 12:55

-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov – Somchay Vongsuvan (Tailand) 13:35

-67 kg: Mujibillo Tursunov – Dulat Bekbauov (Qozog‘iston) 13:55

-71 kg: Havasbek Asadullayev – Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston) 14:15

-75 kg: Javohir Ummataliyev – Dias Moljigitov (Qozog‘iston) 14:35

-80 kg: To‘rabek Xabibullayev – Jinxiang Vang (Xitoy) 14:55

-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston) 15:15

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi kuni kecha Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA