– Avstriya Shengen shartnomasini kengaytirishga qo‘yilgan vetoni bekor qilishni rejalashtirmoqda va endi Ruminiya va Bolgariyani ham ushbu hududga qo‘shilishini ma’qullaydi, -dedi Avstriya Ichki ishlar vazirligi rahbari Gerxard Karner “APA” axborot agentligiga bergan intervyusida.
Xabarda ta’kidlanishicha, Avstriya payshanba kuni Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlari kengashining Bryusselda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Bolgariya va Ruminiyaning Shengenga qo‘shilishini ma’qullamoqchi.
Qiziq jihati, noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq xavotirlar tufayli Avstriya Ruminiya va Bolgariyaning 2022 yilda Shengen hududiga to‘liq kirishini to‘sib qo‘ygan edi.