Tailandda kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bokschilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tayotganidan xabaringiz bor.

Musobaqaning kechagi dasturidan o‘rin olgan chorak final janglarida Mujibillo Tursunov, Havasbek Asadullayev, Javohir Ummataliyev, Farzona Fozilova hamda Sabina Boboqulova g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Bugun, 5 dekabr kungi dastur davomida 5 nafar bokschilarimiz chorak finalda o‘z janglarini o‘tkazadilar.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida -57 kg. vaznda jang qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov Xusravxon Rahimov (Tojikiston) bilan raqobatlashsa, vazni -80 kg. bo‘lgan To‘rabek Habibullayev Ahmad Samir Davrahini (Afg‘oniston) sinovdan o‘tkazadi.

Xotin-qizlar orasida esa  -52 kg. vazn toifasida Feruza Kazakova Mungunsaran Balsanga (Mo‘g‘iliston) qarshi ringga ko‘tariladi. Nigina O‘ktamova esa -57 kg. vaznli bokschilar bellashuvida tojikistonlik Mijgona Samadova bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. -60 kg. vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirayotgan Sitora Turdibekova xitoylik Qiange Li bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA