BAAning Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* tasnifiga kiruvchi xalqaro turnir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdurahmon Abdullayev kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Abdurahmon musobaqaning Gran-pri yo‘nalishida 145 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda o‘zining “Chicaritto” laqabli tulpori bilan masofani 40.83 soniyada bosib o‘tdi. Mazkur yo‘nalishda Osama Al Zabibi (Suriya) oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy yakunida chavandozimiz Abdurahmon Abullayev Al-Ayn shahrida o‘tgan xalqaro turnirda “Otto van de Achterhoek” laqabli oti bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA