Butunjahon boks tashkiloti (WBO) noyabr oyi yakunlari bo‘yicha o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu jadvaldan O‘zbekistonning besh nafar charm qo‘lqop ustalari o‘rin oldi.
WBO reytingidan ilk bor supero‘rta vazndagi bokschimiz Isroil Madrimov joy oldi va 10-o‘ringa joylashdi. Olimjon Nazarov esa o‘ta yengil vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Muhammad Shexov birinchi yarim yengil vazn toifasida 5-o‘rinda qayd etildi.
Yuqori texnika va katta tajribaga ega bo‘lgan bokschimiz Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasida o‘tgan oydagi kabi peshqadam sifatida e’lon qilindi. Bektemir Meliqo‘ziyev esa supero‘rta vaznda 9-o‘ringa joylashdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA