Poytaxtimizda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi kongressiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) kotibi Ferial Nadira Salhi va boshqalar ishtirok etib, navbatdagi kongress haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

Jumladan, poytaxtimizda o‘tkazilgan mazkur kongress yuqori darajada tashkil etildi. Unda

dunyoning 137 ta davlatidan 280 nafar mutaxassis ishtirok etib, o‘tgan yillar davomida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahil qilindi. Kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kelgusi yillarda qilichbozlik bo‘yicha o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalar uchun davlatlar tanlab olingani va tez orada nufuzli musobaqa mezbonlari haqida to‘liq ma’lumot berilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, matbuot anjumanida kongress kun tartibidagi asosiy voqelik – Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov  120 ta ovoz bilan saylangani haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Bu dunyo bo‘ylab qilichbozlikning yanada ommalashishi va FIE faoliyati yanada yuksalishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Matbuot anjumani ishtirokchilari OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytardi.

Javohir Toshxo‘jayev, Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA