FOTOREPORTAJ

Nukusda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o‘tkazilayotgan tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi faolligini yanada oshirish va ularning noyob qobiliyatini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning mazkur bosqichida 101 nafar iste’dodli qiz ishtirok etdi.

Ishtirokchilar sakkizta – fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha mahoratini namoyish etdi. Hakamlar hay’ati ularni erishgan yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlari, bilim va qobiliyatiga ko‘ra munosib baholadi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA